» » “Ota-onalar o‘zboshimchalik qilgan”. Qarshi shahar XTB 8-martga pul yig‘ilishidan maktab rahbariyati va o‘qituvchi bexabarligini ma’lum qildi

“Ota-onalar o‘zboshimchalik qilgan”. Qarshi shahar XTB 8-martga pul yig‘ilishidan maktab rahbariyati va o‘qituvchi bexabarligini ma’lum qildi


Qarshi shahar xalq ta’limi bo‘limi 11-sonli maktabda 8-mart bayrami arafasida 1-sinf o‘quvchilaridan 100 ming so‘mgacha pul yig‘ilayotgani haqidagi xabarga munosabat bildirdi. Qarshi shahar xalq ta’limi bo‘limi mudiri Abdug‘ani Himmatovning “Daryo”ga ma’lum qilishicha, mazkur holat ota-onalar tashabbusi bo‘lib, 2 nafar ota-onaning o‘zboshimchaligi bo‘lgan.

“Daryo” muxbiriga taqdim etilgan audioyozuvda 2 nafar ota-ona suhbati yozilgan bo‘lib, unda suhbatdoshlar 8-mart bayrami arafasida o‘qituvchiga pul yig‘ilayotgani, rus sinflarda 100 ming so‘mgacha pul olinayotgani-yu, o‘zbek sinflarining ham ulardan kami yo‘qligi haqida so‘z yuritadi. Bunga javoban esa ikkinchi suhbatdosh mazkur “yig‘di-yig‘di”dan bosh tortsa, o‘qituvchining farzandiga nisbatan fikri o‘zgarib qolishidan qo‘rqayotganini ta’kidlaydi.

“Aniqlanishicha, onalardan ikki nafari maktab ma’muriyati va sinf o‘qituvchisi Rajabova Dilfuzani xabardor qilmasdan o‘zlaricha maslahat qilishgan, — deydi xalq ta’limi bo‘limi mudiri Abdug‘ani Himmatov.

Mazkur holat 5-mart, payshanba, kuni ota-onalar ishtirokida muhokama qilingan.

“Maktabga taklif etilgan 34 nafar ota-ona maktab o‘qituvchisiga pul mablag‘i bermaganliklarini hamda maktab ma’muriyati va sinf o‘qituvchisining mazkur holatdan xabari yo‘qligini bildirib, tushuntirish xatlari yozib berishdi, — deydi Abdug‘ani Himmatov.

Abdug‘ani Himmatov ishtirokida bo‘lib o‘tgan muhokama so‘ngida shahar xalq ta’limi bo‘limi ota-onalarga tadbirlar va boshqa maqsadlarda o‘quvchilardan pul yig‘ish mumkin emasligini, shunday holat yuz bergan vaqtda o‘quvchilarning ota-onalari darhol shahar xalq ta’limi bo‘limiga xabar berishi lozimligini eslatgan.

Mas’ullar mazkur maqola uchun “Daryo” tahririyatiga minnatdorchilik bildirish barobarida “udum”ga qarshi murosasiz kurashishini ma’lum qilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-03-2020, 16:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 95) ( 0) ( 95) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют