» » “O‘zbekiston pochtasi” koronavirus tufayli Xitoydan pochta jo‘natmalari kechikib kelishidan ogohlantirdi

“O‘zbekiston pochtasi” koronavirus tufayli Xitoydan pochta jo‘natmalari kechikib kelishidan ogohlantirdi


“O‘zbekiston pochtasi” koronavirus tarqalgani tufayli Xitoydan pochta jo‘natmalari kechikib kelishidan ogohlantirdi.

Xabarda ta’kidlanishicha, Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti posilkalarni xavfsiz deb hisoblamoqda, chunki koronavirus narsalar ustida, jumladan, banderollarda uzoq vaqt saqlanmaydi.

Shunga qaramay, “O‘zbekiston pochtasi” Xitoydan pochta jo‘natmalarini qabul qilish, sanitariya-epidemiologik jihatdan ularning xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha barcha zarur choralarni ko‘rishi aytilgan.

Xitoydan pochta jo‘natmalarini yetkazib berish kechikishlari asosan ushbu davlat bilan havo transporti parvozlarining vaqtincha to‘xtatilishi bilan bog‘liqligi qo‘shimcha qilingan.

“Ishontirib aytamizki, O‘zbekiston pochtasi xodimlari pochta jo‘natmalaringizni tezkorlik bilan yetkazib berish uchun doim harakatda”, — deyiladi xabarda.

Avvalroq AliExpress jo‘natmalarining koronavirus sabab kechikishlar bilan yetib kelishi haqida xabar berilgan edi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-03-2020, 19:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 68) ( 0) ( 67) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют