» » Koronavirus yuqtirib olganlar soni dunyo bo‘yicha 100 ming kishidan oshdi

Koronavirus yuqtirib olganlar soni dunyo bo‘yicha 100 ming kishidan oshdi


Koronavirus infeksiyasi bilan kasallangan odamlar soni bo‘yicha 100 mingdan oshdi. Bu haqda Jon Xopkins universiteti tomonidan taqdim etilgan raqamlar ma’lumot bermoqda; universitet butun dunyo bo‘yicha tasdiqlangan kasallanish holatlarini kuzatib, hisobga olib bormoqda.

Umumiy kasallanganlardan 55 694 nafari sog‘ayib ketishga muvaffaq bo‘lgan, 3404 kishi esa vafot etgan.

Eng ko‘p kasallanish holatlari Xitoyning materik qismida (80,6 ming kishi), Janubiy Koreyada (6,6 ming kishi), Eronda (4,7 ming kishi) va Italiyada (3,9 ming kishi) qayd etilgan. 90 dan ortiq mamlakatda esa koronavirus bilan bog‘liq hech bo‘lmasa bitta holat aniqlangan.

6-mart holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi bilan kasallanish holati aniqlangani yo‘q. Mamlakatning u yoki bu joyida u yoki bu odam koronavirus gumoni bilan kasalxonaga yotqizilgani haqida tarqalgan xabarlar Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan rad etib kelinmoqda.

Mavzuga doir: Koronavirus dunyo bo‘ylab do‘konlarni ship-shiydam qildi. Odamlar sanitayzerlar, hojatxona qog‘ozi va suli sutini bitta qoldirmay sotib olmoqda



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-03-2020, 20:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 101) ( 0) ( 99) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют