» » Rossiyada koronavirus yuqtirib olish bilan bog‘liq oltita yangi holat aniqlandi. Ularning beshtasi Moskvada

Rossiyada koronavirus yuqtirib olish bilan bog‘liq oltita yangi holat aniqlandi. Ularning beshtasi Moskvada


Rossiyada yangi turdagi koronavirus infeksiyasini yuqtirib olish bilan bog‘liq oltita yangi holat aniqlandi. Bu haqda Rossiya hukumati huzuridagi tezkor shtab ma’lum qildi.

Bemorlarning besh nafari Moskva shahrida qayd etilgan, koronavirus bilan kasallangan yana bir kishi Nijniy Novgorodda ekani aytilmoqda. Shtabdan ma’lum qilishlaricha, yangi kasallanish holatlarining bari Italiyaga safarlar bilan bog‘liq.

Qayd etilishicha, barcha bemorlarning ahvoli qoniqarli, kasallik ularda yengil ko‘rinishda o‘tmoqda.

Avvalroq Rossiyada koronavirus infeksiyasini yuqtirib olish bilan bog‘liq to‘rtta holat aniqlangan edi. Kasallanganlar Tyumenda, Baykalorti o‘lkasida, Sankt-Peterburg va Moskvada ekani aytilgan edi.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-03-2020, 20:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 75) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют