» » Saudiyaliklar O‘zbekistonda elektr stansiyalari qurish bo‘yicha 2 mlrd dollarlik 3 ta kelishuv imzoladi

Saudiyaliklar O‘zbekistonda elektr stansiyalari qurish bo‘yicha 2 mlrd dollarlik 3 ta kelishuv imzoladi


O‘zbekiston Energetika vazirligi Saudiya Arabistonining ACWA Power kompaniyasi bilan umumiy qiymati 2 milliard dollarga teng uchta kelishuv imzoladi. Bu haqda vazirlik tomonidan ma’lum qilindi.

Xabar berilishicha, ushbu kelishuvlar O‘zbekiston energetika sohasining taraqqiyoti hamda barqarorligini yanada takomillashtirishga xizmat qiladi.

Imzolangan birinchi hujjat 25 yilga mo‘ljallangan 1,2 milliard dollarlik investitsiya shartnomasi bo‘lib, u Sirdaryo viloyatida 1500 megavatt quvvatli bug‘-gaz turbinali elektr stansiyasini qurish hamda ekspluatatsiya qilishni ko‘zda tutadi. Shuningdek, hujjat mazkur stansiyada ishlab chiqariladigan elektr energiyasini sotib olish masalasini nazarda tutadi.

Ushbu elektr energiyasi ishlab chiqarishga yo‘naltirilgan investitsion loyihada kelishuvga muvofiq “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati yagona xaridor sifatida ishtirok etadi.

Loyihaga ko‘ra, quriladigan yangi bug‘-gaz qurilmasining samaradorligi 60% dan ziyod bo‘lib, odatda u elektr energiya ishlab chiqarishga sarflanadigan tabiiy gaz miqdorini qariyb ikki marta ko‘p tejash imkonini beradi.

Qiymati 0,55-1,1 milliard dollar bo‘lgan ikkinchi hujjatga asosan, ACWA Power O‘zbekistonda quvvati 500-1000 megavattga teng shamol elektr stansiyasini quradi.

Energetika vazirligi bilan qayta tiklanadigan energiyadan foydalanish bo‘yicha imzolangan shartnomaga binoan, ACWA Power kompaniyasi O‘zbekistonda 500-1000 MVt quvvatga ega shamol elektr stansiyasini quradi va foydalanishga topshiradi.

Bundan tashqari, O‘zbekiston Energetika vazirligi bilan imzolangan uchinchi kelishuvga muvofiq, ACWA Power kompaniyasi AQShning Air Products & Chemicals kompaniyasi bilan hamkorlikda O‘zbekistonda energetika va kimyo texnologiyasi sohalarida mutaxassislar tayyorlash yuzasidan Shirin shahridagi kollejda texnik ko‘nikmalarni oshirish bo‘yicha o‘quv dasturlarini taqdim etadi.

Toshkentda 2019-yilda bo‘lib o‘tgan Markaziy Osiyo energetika investitsion forumi doirasida ACWA Power bilan issiqlik elektr stansiyasi va shamol elektr stansiyasi qurish bo‘yicha asosiy shartlar to‘g‘risidagi bitimlar imzolangan edi. O‘shandan buyon davom etgan muzokaralardan keyin issiqlik elektr stansiyasini qurish bo‘yicha tayyorgarlik ishlari boshlangani haqida avvalroq xabar berilgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-03-2020, 21:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 67) ( 0) ( 66) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют