» » Video: Chilonzorda Spark YPXdan qochib, bir kilometrdan ortiq orqamacha yurdi. Oxiri Matiz’ga borib urildi

Video: Chilonzorda Spark YPXdan qochib, bir kilometrdan ortiq orqamacha yurdi. Oxiri Matiz’ga borib urildi


Ijtimoiy tarmoqlarda Spark avtomobili katta tezlikda orqamacha harakatlanib ketayotgani aks etgan videoyozuv tarqaldi. Bunyodkor shoh ko‘chasining Chilonzor tumanidan, “Chilonzor” metro bekati oldidan o‘tgan ko‘prikli qismida yuz bergan voqea guvohlarining so‘zlariga ko‘ra, Spark haydovchisi shu yo‘sinda yo‘l-patrul xizmati xodimlaridan qochgan.

Baxtga qarshi, qochoq haydovchining ushbu xavfli yurishi oxir-oqibat baribir o‘ziga qimmatga tushgan — orqamacha yurib, Chilonzor tumani hokimligi oldidan o‘tib ketayotganida, Mehr ko‘chasidan chiqib kelgan Matiz avtomobiliga borib urilgan. Endi Spark haydovchisi nafaqat qoidabuzarligi uchun, balki ichki ishlar organi xodimlarining ko‘rsatmalariga bo‘ysunmagani uchun ham jarima to‘laydi (omadi kelsa), qo‘shimchasiga Matiz’ni pachoq qilgani uchun tovon ham to‘lashi kerak (o‘zining Spark’ini qo‘ya turaylik).

Ushbu hodisa yuzasidan Toshkent shahar IIBB rasmiy axborot berganicha yo‘q.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-03-2020, 21:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 59) ( 0) ( 58) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют