» » Neft narxi bir kun ichida qariyb 4 dollarga arzonlashdi

Neft narxi bir kun ichida qariyb 4 dollarga arzonlashdi


Dunyo bo‘yicha neft narxining tushishi davom etmoqda. Bunga Rossiya va OPEK mamlakatlari neft qazib olish hajmlarini qo‘shimcha ravishda qisqartirish masalasida bir qarorga kela olmaganligi haqidagi xabarlar sabab bo‘lmoqda, deb yozadi “RBK”.

Ma’lum qilinishicha, Brent markali neft narxi oxirgi savdolardan keyin 3,87 dollar yoki 7,74 foizga arzonlashib, bir barrel uchun 46,12 dollarni tashkil qilgan.

So‘nggi marta neft narxining bunday keskin tushishi 2017-yilning 10-iyulida yuz bergan bo‘lib, o‘shanda Brent markali neftning bir barreli narxi 46,11 dollargacha arzonlashgan.

WTI markali neftning narxi so‘nggi savdolardan keyin 3,51 dollarga yoki 7,82 foizga arzonlashgan va bir barrel uchun 42,31 dollarni tashkil qilmoqda.

Vena shahrida 6-mart, juma kuni, OPEK mamlakatlari va neft qazib olishni qisqartirish bo‘yicha kelishuvni qo‘llab-quvvatlagan davlatlar vakillarining uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. 5-mart, payshanba kuni, OPEK mamlakatlari neft qazib olishni qo‘shimcha ravishda kuniga 1,5 million barrelga qisqartirishni taklif qildi. Shundan 0,5 million barreli Rossiya va OPEK tarkibiga kirmaydigan boshqa davlatlar hissasiga to‘g‘ri kelishi kerak. Qayd etilishicha, Rossiya neft qazib olishni qisqartirish niyatida emas.

O‘z navbatida, OPEK mamlakatlari Rossiyaning roziligisiz neft qazib olishni qisqartirmasligi aytilmoqda.

Avvalroq koronavirus sababli Brent va WTI markalaridagi neft narxi 2011-yildan buyon kuzatilgan eng katta pasayishga uchragan. Neft narxi 2,5 yil ichida ilk bora 49 dollardan ham arzonlashgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-03-2020, 22:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 82) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют