» » Yozuvchi Paulo Koelyoning sayohat qilish qoidalari

Yozuvchi Paulo Koelyoning sayohat qilish qoidalari


Taniqli yozuvchi va sayohatchi Paulo Koelyo o‘zining sayohatga yondashuvlarini taklif qiladi, ular siz safar qilgan joyda yashash va u yerni his qilishda yordam beradi.

Maslahat juda kulgili tuyulishi mumkin, ammo keling, o‘ylab ko‘ramiz: begona shaharga borganda uning o‘tmishini emas, zamonaviy hayotini o‘rganish qiziqroq bo‘lmaydimi?

Odamlar o‘zlarini muzeylarga borishga majbur his qilishlariga bolalikdan madaniyatni o‘rganish usuli sifatida singdirilgan tushuncha sababchidir.

Eng yaxshi gidlar — mahalliy odamlar. Ular hamma narsani biladi, o‘z shaharlari bilan faxrlanadi, ammo ma’lum bir agentlikka ishlamaydi. Shunchaki ko‘chaga chiqib, birorta odamdan savol so‘rang, masalan, biror joyga qanday yetib borish mumkinligi haqida. Munosib suhbatdoshni topib olsangiz, butun kunni u bilan hamrohlikda ajoyib o‘tkazish mumkin.

Faqat shundagina o‘z mamlakatingizni haqiqatan ham tark etish mumkin. Agar guruh bo‘lib safarga chiqsangiz, o‘z tilingizda gapirishda davom etasiz, gidning ko‘rsatmalariga amal qilasiz va o‘zingiz kelgan joydan ko‘ra ko‘proq guruhdagi safsatalar haqida o‘ylaysiz.

Hech narsani — na narxlarni, na tozalikni, na hayot sifatini, na transportni taqqoslamang. Hech narsani! Siz o‘zingiz yaxshiroq yashayotganingizni isbotlash uchun sayohat qilayotganingiz yo‘q. Boshqalarning hayoti bilan tanishing va ulardan o‘rganish mumkin bo‘lgan narsalarni izlang.

Ko‘tarib yurish kerak bo‘lmaydigan narsalarga pul sarflang: teatrga chiptalar, restoranlarga tashrif, ekskursiyalar. Global bozor va internet davrida hamma narsani sotib olish va ortiqcha yuk uchun pul to‘lamaslik imkoniyati bor.

Manba: “Fishki.net”

Опубликовано: admin (12-04-2017, 14:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 97) ( 0) ( 96) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют