» » Toshkentda uch qavatli ko‘prik qurilayotgani sabab yana bir yo‘l 10 kunga yopiladi

Toshkentda uch qavatli ko‘prik qurilayotgani sabab yana bir yo‘l 10 kunga yopiladi


Yashnobod tumani Parkent, Maxtumquli va Temur Malik ko‘chalari kesishmasida uch qavatli ko‘prik qurilishi ishlari ketayotgani sababli Toshkentdagi yana bir yo‘l vaqtincha yopiladi. Bu haqda poytaxt hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, Temur Malik ko‘chasining Do‘rmon yo‘li ko‘chasidan Maxtumquli va Parkent ko‘chalari kesishmasigacha bo‘lgan qismi 6-mart kuni soat 23:00 dan 17-martga qadar yopiladi.

Shuningdek, Tuzel mavzesi yo‘nalishi bo‘ylab yangi qurilayotgan ko‘prik chorrahasiga kirish yo‘li ham vaqtincha yopiladi. Shu vaqt oralig‘ida ushbu yo‘nalish bo‘ylab harakatlanuvchi transport vositalari aylanma yo‘llar orqali yurishi mumkin.

Avvalroq Yashnobod tumanidagi Maxtumquli ko‘chasining Parkent va Pahlavon Mahmud ko‘chalari oralig‘idagi qismi vaqtincha yopilishi haqida xabar berilgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-03-2020, 11:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 66) ( 0) ( 65) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют