» » JSST koronavirusning yozda butunlay yo‘q bo‘lib ketishi haqidagi xabarlar yolg‘onligini ma’lum qildi

JSST koronavirusning yozda butunlay yo‘q bo‘lib ketishi haqidagi xabarlar yolg‘onligini ma’lum qildi


Yoz kelgach yangi turdagi koronavirus COVID-19 butun dunyoda tarqalishdan to‘xtatishi haqidagi xabarlarni tasdiqlab bo‘lmaydi. Bu haqda tashkilotning sog‘liqni saqlash sohasidagi favqulodda vaziyatlar bo‘yicha ijrochi direktori Maykl Rayan ma’lum qilgan, deb yozmoqda “Interfaks”.

“Hozircha virusning turli iqlim sharoitlaridagi faolligi va dinamikasi bo‘yicha ma’lumotlar juda kam. Virusning tarqalish xususiyati saqlanib qolishi mumkinligini tan olishimiz lozim”, – deya ta’kidlagan Rayan Jenevada o‘tgan matbuot anjumanida.

Mavzuga doir: 

“Virusning yozda yo‘q bo‘lib ketishiga umid qilish yolg‘onga ishonishdan boshqa narsa emas. Hozir ushbu taxminlarga ishonishga hech qanday asos yo‘q”, – deya qo‘shimcha qilgan u.

Koronavirus butun dunyo bo‘ylab tarqalishda davom etmoqda. 6-mart holatiga koronavirus bilan kasallanganlar soni 100 ming nafardan oshgan, 3,4 ming nafardan ortiq odam pnevmoniyadan vafot etgan. Janubiy Koreya, Eron va Italiya koronavirus tarqalishi o‘ta yomon darajada kechayotgan uch mamlakat bo‘lib turibdi.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-03-2020, 11:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 95) ( 0) ( 94) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют