» » Xitoylik olimlar koronavirus alomatlarida o‘zgarish borligini aniqladi

Xitoylik olimlar koronavirus alomatlarida o‘zgarish borligini aniqladi


Xitoylik olimlar koronavirus infeksiyasining klinik belgilaridagi o‘zgarishlar paydo bo‘lganini aniqladi. Kasallik alomatlari avvalroq kasal bo‘lganlarda aniqroq ko‘rinmoqda, deb xabar beradi Social Science Research Network portali.

Tadqiqotchilar Uxan xalq shifoxonasida 89 nafar bemorni ikki guruhga bo‘lib o‘rgandi. Birinchi guruhdan 16—22-yanvar kunlari kasallikni yuqtirib olgan 31 nafar bemor, ikkinchisidan 23—29-yanvar kunlari kasallikka chalingan 58 kishi o‘rin olgan.

Birinchi guruhdagi bemorlarda yuqori tana harorati, holsizlik, mushaklarda og‘riq, shuningdek, limfositlar darajasining kamayishi kuzatilmoqda. Ikkinchi guruhdagi bemorlarda esa kasallikning ushbu alomatlari kuzatilmagan yoki sust bo‘lgan. Biroq boshqa alomatlar: yo‘tal, chanqoq, ich ketish va ko‘krakda og‘riq kuzatilgan.

Olimlarning fikricha, yangi turdagi koronavirus sekin-asta grippga o‘xshash virusga o‘zgarishi mumkin. Shuningdek, u uzoq vaqt davomida tanada o‘zini namoyon qilmay tura oladi.

Mavzuga doir:

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ma’lumotiga ko‘ra, 6-mart holati bo‘yicha koronavirus bilan kasallanganlar soni 100 ming nafardan oshgan. Shuningdek, JSST koronavirus sabab yuzaga keladigan dorilar tanqisligi holatiga tayyorgarlik ko‘rmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-03-2020, 12:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 104) ( 0) ( 103) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют