» » NASA markazi Sherali Jo‘rayevning to‘plamini fazoga olib ketishga ruxsat bergani ma’lum qilindi

NASA markazi Sherali Jo‘rayevning to‘plamini fazoga olib ketishga ruxsat bergani ma’lum qilindi


Bugun, 12-aprel kuni O‘zbekiston xalq artist Sherali Jo‘rayev o‘zining 70 yillik yubileyini nishonlamoqda. Ijtimoiy tarmoqlarda Sherali Jo‘rayevga tilaklar yog‘ilmoqda. Original tabrik jurnalist Jasur Hamroyev tomonidan yozib qoldirildi, deb yozadi “Darakchi.uz”.

Fazo – cheksizlik. Yulduzlar makoni. Shu makonda yerlik bir yulduzning kuyi jarang sochishini endi bir tasavvur eting! Endi bir real voqeani eslatsak. Markaziy Osiyodan fazoga uchgan ilk fazogir Solijon Sharipov koinotda kechajak 6 oylik safaridan oldin o‘zi sevgan qo‘shiqlarni ham olib ketishni ma’qul topdi. Bu qo‘shiqlar esa faqat bir hofizga tegishli! “Okean orti”dagi NASA markazi bu to‘plamni olib ketishga ruxsat berdi.

Solijon fazoda ilk telefon qo‘ng‘irog‘ini amalga oshirdi. O‘zbekistonlik do‘stiga qo‘ng‘iroq qilib, iftixor ila sevimli bir qo‘shig‘ini tinglayotganini aytdi. Koinotda fazo kemasining ichida yangrayotgan o‘zbek tilidagi bu qo‘shiq Yer sayyorasidagi insonning qalbini to‘lqinlantirdi. Fazoga hofizning taronalari yozilgan to‘plam olib chiqilganini o‘zi ham bir tarixiy voqea shunday emasmi!?

Jasur Hamroyev, jurnalist

Jurnalistning bergan ma’lumotlariga ko‘ra, Sherali Jo‘rayev ilk qo‘shig‘ini ijro etganida 19 yoshda edi, 1966-yil. Uning bugunga qadar 600 ga yaqin qo‘shiqlar yaratishga muvaffaq bo‘lgan.

Xabarda ta’kidlanishicha, ertaga, 13-aprel kuni Toshkentdagi muhtasham restoranlaridan birida Sherali Jo‘rayevning tavallud ayyomi munosabati bilan katta dasturxon yoziladi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (12-04-2017, 14:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 125) ( 0) ( 122) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют