» » Vladimir Putin IShID tashkilotiga qo‘shilgan rossiyaliklarga qanday chora ko‘rilishi haqida so‘zladi

Vladimir Putin IShID tashkilotiga qo‘shilgan rossiyaliklarga qanday chora ko‘rilishi haqida so‘zladi


Rossiya prezidenti Vladimir Putin “Mir 24” telekanaliga bergan intervyusida Qozog‘iston prezidenti Nursulon Nazarboyevning IShID terrorchilik tashkilotiga aloqadorlarni fuqarolikdan mahrum qilish qaroriga izoh berdi, deb xabar berdi “Gazeta.ru”.

“Rossiya konstitutsiyasiga muvofiq biz hech kimni fuqarolikdan mahrum qila olmaymiz. Biroq Rossiya fuqaroligini olishda asos bo‘lib xizmat qilgan qarorni bekor qilishimiz mumkin”, — dedi Putin.

Shuningdek, Rossiya prezidenti bu masala bo‘yicha huquqshunoslar bilan maslahatlashib, shundan so‘ng qaror qabul qilinishini ta’kidladi.

Avvalroq, Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev IShID guruhiga a’zo bo‘lgan qozog‘istonliklar fuqarolikdan mahrum etilishini ma’lum qilgandi.

IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (12-04-2017, 15:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 22) ( 0) ( 20) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют