» » Facebook va Instagram tibbiy niqoblar reklamasini taqiqlamoqchi

Facebook va Instagram tibbiy niqoblar reklamasini taqiqlamoqchi


Koronavirus tarqalishi sharoitida tibbiy niqoblarga bo‘lgan talabning ortgani tufayli Facebook va Instagram olibsotarlarning favqulodda vaziyatlarda pul ishlab olishini to‘xtatish maqsadida tibbiy niqoblar reklamasini taqiqlashga qaror qildi. “RBK”ning xabar berishicha, bu haqda kompaniya saytida ma’lum qilingan.

“Biz Facebook va Instagram’da tibbiy niqoblarni sotish bo‘yicha reklama va e’lonlarni taqiqlaymiz. Ularni yetkazib berish cheklangan, narxlar oshmoqda va odamlarning ushbu favqulodda vaziyatdan o‘z maqsadlari yo‘lida foydalanishiga qarshimiz”, — deb yozgan Facebook mahsulotlari menejmenti bo‘limi rahbari Rob Latern o‘zining Twitter’ida. Uning ta’kidlashicha, bu borada yaqin kunlarda tegishli choralar ko‘riladi.

Bu yangi koronavirus tarqalishi sharoitida kompaniya tomonidan joriy etilgan birinchi cheklov emas. Avvalroq koronavirusni davolash yoki oldini olish haqidagi ma’lumot bo‘lgan hamda vahimaning oshishiga sabab bo‘ladigan reklamalarni bloklashi, shuningdek, virus haqidagi soxta xabarlarni o‘chirishi haqida ma’lum qilgan. 4-mart kuni Facebook Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotiga hamda Sog‘liqni saqlash vazirliklariga koronavirus haqidagi xabarlar uchun bepul reklama maydonlarini taqdim etganini e’lon qilgandi.

Facebook’dan tashqari Instagram ham kasallik haqidagi yolg‘on ma’lumotlarga qarshi kurashishga, xususan, koronavirus haqidagi yolg‘on ma’lumot tarqatiluvchi xeshteglarni o‘chirishga qaror qilgan. Twitter ham koronavirus bilan bog‘liq reklamalarni taqiqlagan edi.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-03-2020, 17:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 68) ( 0) ( 66) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют