» » Soxta pasport bilan Paragvayga kirgan Ronaldinyo hibsga olindi

Soxta pasport bilan Paragvayga kirgan Ronaldinyo hibsga olindi


Braziliya terma jamoasining sobiq hujumchisi Ronaldinyo va uning akasi Roberto de Assis Moreyra Paragvayga soxta pasport bilan kirgani sababli hibsga olindi, deya xabar qilmoqda Ultima Hora.

Futbolchi va uning qarindoshi sudga qadar Paragvay milliy politsiyasi maxsus bo‘limiga topshirilgan.

Avvalroq Paragvay politsiyasi Ronaldinyo va uning akasini hibsga olishi mumkinligi xabar qilingandi. 4-mart kuni ularning mehmonxonadagi nomerida tintuv o‘tkazilgan va soxta pasportlar topilgandi. 6-mart, juma kuni futbolchi so‘roq qilingan va shundan keyin qo‘yib yuborilgan.

ABC Color’ning xabariga ko‘ra, Ronaldinyo va uning akasi ishlatgan pasport ikki nafar ayolga tegishli. Dastlabki tergov jarayonida sobiq futbolchi pasportni Braziliyada olgani aytilgandi, biroq keyinchalik Ronaldinyo uni Paragvay aeroportida olganini ma’lum qilgan.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-03-2020, 19:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 66) ( 0) ( 64) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют