» » APL. Saloh va Manening gollari “Liverpul”ga g‘alaba keltirdi

APL. Saloh va Manening gollari “Liverpul”ga g‘alaba keltirdi


Futbol bo‘yicha Angliya Premyer Ligasining 29-turi doirasida “Liverpul” o‘z maydonida “Bornmut”ni qabul qildi.

Avvaliga 9-daqiqada Kallum Uilson mehmonlarni hisobda oldinga olib chiqqan bo‘lsa, 25-daqiqada Muhammad Saloh hisobni tenglashtirdi. Oradan 6-daqiqada o‘tib Sadio Mane “Liverpul”ga g‘alaba keltirgan golga mualliflik qildi.

Ushbu g‘alabadan so‘ng Yurgen Klopp shogirdlarining ochkolari soni 82 taga yetdi. “Qizillar” musobaqa jadvalida yakka peshqadam bo‘lib turibdi.

Barcha gollarni @Daryo_sport Telegram kanalida tomosha qilish mumkin.

APL

29-tur

7-mart, shanba

“Liverpul” – “Bornmut” 2:1

Gollar: 0:1 – 9 Uilson, 1:1 – 25 Saloh, 2:1 – 33 Mane.

“Liverpul” – Adrian, van Deyk, Gomes, Aleksander-Arnold, Veynaldum, Milner, Fabino, Oksleyd-Chemberlen (Lallana, 84), Mane, Saloh, Firmino (Origi, 90).

“Bornmut” – Remsdeyl, Ake, Kuk (Simpson, 19), Smit, Steysi, Kuk, Billing, Freyzer, Lerma (Gosling, 80), Stanislas (Solanke, 68), Uilson.

Ogohlantirishlar: Uilson (90).



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-03-2020, 20:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 73) ( 0) ( 71) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют