» » Superliga. “Bunyodkor” va “Surxon”da g‘alaba, OKMK yana durang o‘ynadi

Superliga. “Bunyodkor” va “Surxon”da g‘alaba, OKMK yana durang o‘ynadi


Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Superligasining 2-turidan o‘rin olgan 7-mart, shanba kuni o‘yinlar o‘z yakuniga yetdi.

“Bunyodkor” Toshkentdagi “Jar” stadionida “Mash’al”ni qabul qilib, Jasur Jaloliddinovning yagona goli evaziga g‘alaba qozondi.

“So‘g‘diyona” esa OKMKga qarshi bahs olib bordi. Ikkinchi bo‘lim debyutida Elyor Orifov maydon egalarini oldinga olib chiqdi. Buning ustiga 68-daqiqada olmaliqliklar Yovan Jokichning chetlatilishidan keiyn bir kishi kam bo‘lib qoldi. Biroq 85-daqiqada Igor Zonichning kiritgan to‘pi evaziga Mirjalol Qosimov shogirdlari durangni rasmiylashtirdi.

Parallel kechgan bahsda “Qizilqum” o‘z maydonida “Surxon”ni qabul qildi. Mehmonlar safida Aleksandr Kasyan va Sherzod Karimov o‘z hisoblariga gol yozdirib qo‘ygan bo‘lsa, maydon egalarining yagona javob goliga Ruslan Margiyev muallif bo‘ldi.

Shu tariqa “Bunyodkor” ochkolarini   taga yetkazib olgan holda peshqamlikni o‘z qo‘liga olgan bo‘lsa, “Surxon” va “So‘g‘diyona” Superligadagi dastlabki ochkolarini qo‘lga kiritdi. “Qizilqum” esa mavsumni ikkita mag‘lubiyat bilan boshladi.

Superliga

2-tur bahslari

7-mart, shanba

Gollar: 1:0 — 10 Jaloliddinov

“Bunyodkor”: Abdumavlon Abduljalilov, Islom Qobilov, Anvar G‘ofurov, Dilshod Ahmadaliyev, Jasurbek Jaloliddinov, Lutfulla To‘rayev, Mirjahon Mirahmadov (Farrux Ikromov, 53), Sanjar Qodirqulov, Nurillo To‘xtasinov (Suhrob Izzatov, 89), G‘ulom-Haydar G‘ulomov (Rasul Yo‘ldoshev, 70), Humoyun Murtazoyev.

“Mash’al”: Rahim Davronov, Najmiddin Normurodov, Sirojiddin Rahmatullayev, Nikita Pavlenko (Didar Durdiyev, 82), Sherzod Temirov, Mo‘min Meliyev, Jamoliddin Ubaydullayev, Abbos Shodmonov, Sirojiddin Qo‘ziyev, Samandar Shukurullayev, Jahongir Abdusalomov (Ahror Inoyatov, 59).

Ogohlantirishlar: To‘rayev (16), Yo‘ldoshev (76), Shukurullayev (90+2)

Gollar: 1:0 — 54 Elyor Orifov, 1:1 — 85 Igor Zonich.

“So‘g‘diyona”: Milan Mitrovich, Iskandar Shoyqulov, Elyor Orifov, Sanjar Rashidov (Elivelto, 73), Jamshid Boltaboyev (Ivan Nagayev, 90), Shohruz Norxonov, Jasur Hasanov, San’at Shixov, Shavkat Mullajonov, Javohir Qahramanov (Bahodir Nasimov, 61), Marko Kolakovich.

OKMK:  Suhrob Sultonov, Akmal Shorahmedov, Igor Zonich, Bobur Yo‘ldoshev, Sardor Rahmonov, Yovan Jokich, Dilshod Jo‘rayev, Sanjar Tursunov, Bahrom Abdurahimov (Shahzod Nurmatov, 59), Arslonmirat Amanov (Xojimat Erkinov, 73), Mate Vatsadze (Zafar Polvonov, 31).

Ogohlantirishlar: Jo‘rayev (18), Jokich (25), Yo‘ldoshev (44), Mitrovich (72)

Chetlatish: Jokich (68)

Gollar: 0:1 — 3 Aleksandr Kasyan, 1:1 — 12 Ruslan Margiyev, 1:2 — 44 Sherzod Karimov.

“Qizilqum”: Ruslan Matniyazov, Abdi Bashimov, Vezirgeldi Ilyasov, Ruslan Margiyev, Alisher Sanoyev, Qadamboy Nurmetov (Vohid Shodiyev, 73), Salim Mustafoyev, Sherali Jo‘rayev, Makkartni Navaseb (Doston Ibragimov, 38), Oleg Tolmasov, Sunnatilla Abdullajonov (Doniyor Usmonov, 84).

“Surxon”: Akbar To‘rayev, Abduqahhor Hojiakbarov, Vladimir Bubanya, Rahmatullo Berdimurodov, Husniddin G‘ofurov, Sherzod Karimov (Sardor Sulaymonov, 81), Shavkat Salomov (Asror G‘ofurov, 87), Aleksandr Kasyan (Aziz Ibragimov, 90), A’zam Aliyev, Jahongir Mehmonov, Darko Stanoyevich.

Ogohlantirishlar: Karimov (33), Tolmasov (47), Kasyan (52), Ilyasov (52)

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-03-2020, 20:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 71) ( 0) ( 70) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют