» » O‘zbekistonda 2021-yil 1-yanvardan boshlab biometrik pasport o‘rniga ID-karta beriladi

O‘zbekistonda 2021-yil 1-yanvardan boshlab biometrik pasport o‘rniga ID-karta beriladi


O‘zbekiston hukumati 6-mart kuni “O‘zbekiston Respublikasida identifikatsiya ID-kartalarini rasmiylashtirish va berish tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorni qabul qildi, deya xabar bermoqda IIV matbuot xizmati.

Qarorga ko‘ra, 2021-yil 1-yanvardan boshlab barcha yangi tug‘ilgan chaqaloqlarga, O‘zbekiston fuqarolariga, fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga va O‘zbekiston hududida doimiy yashaydigan chet el fuqarolariga biometrik pasport o‘rniga 10 yil muddatga hujjat egasining shaxsini va fuqaroligini tasdiqlovchi hujjat sifatida identifikatsiya ID-kartasi beriladi.

ID-kartalar faqat O‘zbekiston hududida amal qiladi. Chet elga chiqish uchun O‘zbekiston fuqarosining chet elga chiqish uchun biometrik (“zagranpasport”) pasporti beriladi.

ID-kartalarni berish tizimli ravishda 2021-yil 1-yanvardan 2030-yil 1-yanvargacha mamlakat aholisi uchun qo‘shimcha yuklamasiz amalga oshiriladi. Shu bilan birga, 2011-yildagi O‘zbekiston fuqarosining ilgari berilgan biometrik pasportlarini, fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar va chet el fuqarolarining yashash uchun ruxsatnomalarini almashtirish ularning egalarining iltimosiga binoan muddati tugagandan yoki muddatidan oldin amalga oshiriladi.

2030-yil 1-yanvardan boshlab 2011-yildagi O‘zbekiston fuqarosining biometrik pasportlari haqiqiy emas deb hisoblanadi.

IIV matbuot xizmatining alohida qady etishicha, ID-kartalarni berish tizimiga o‘tish rivojlangan xorijiy davlatlar tajribasini hisobga olgan holda amalga oshirilmoqda.

“Bu fuqarolarni raqamli identifikatsiya qilish tizimini joriy etishni jadallashtiradi, fuqarolarning birlamchi ma’lumotlarini O‘zbekiston vazirlik va idoralarining axborot tizimlariga integratsiyalash jarayonini avtomatlashtiradi, aholiga davlat xizmatlarini ko‘rsatish jarayonini osonlashtiradi va optimallashtiradi”, — deyiladi IIV axborotida.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-03-2020, 21:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 79) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют