» » Rossiyada koronavirus infeksiyasini yuqtirib olish bilan bog‘liq beshta yangi holat aniqlandi

Rossiyada koronavirus infeksiyasini yuqtirib olish bilan bog‘liq beshta yangi holat aniqlandi


Rossiya hududida so‘nggi bir sutka ichida koronavirus infeksiyasini yuqtirib olish bilan bog‘liq beshta yangi holat aniqlandi. Bu haqda Rossiya hukumati huzuridagi koronavirusga qarshi kurashish bo‘yicha tezkor shtab ma’lum qildi.

Lipetskda uchta, Sankt-Peterburg shahri va Moskva viloyatida esa bittadan kasallanish holati ro‘yxatga olingan. Qo‘shimcha qilinishicha, koronavirus yuqtirib olgani aniqlangan lipetsklik va peterburglik to‘rt bemorning bari so‘nggi ikki hafta ichida Italiyada bo‘lib qaytgan, beshinchi bemor esa yaqinda Shveysariyadan qaytgan.

Rossiyada bungacha koronavirus infekssiyasini yuqtirib olish bilan bog‘liq 10 ta holat ro‘yxatga olingan edi, ularning oltitasi Moskvada aniqlangan edi. Bemorlarning uch nafari tuzalishga muvaffaq bo‘ldi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-03-2020, 21:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 60) ( 0) ( 58) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют