» » Janubiy Koreya tergovchilari sobiq prezident Pak Kin Xeni beshinchi bor so‘roq qilishga kirishdi

Janubiy Koreya tergovchilari sobiq prezident Pak Kin Xeni beshinchi bor so‘roq qilishga kirishdi


Janubiy Koreya tergovchilari mamlakat sobiq prezidenti Pak Kin Xeni beshinchi bor so‘roq qilishga kirishdi, deb xabar berdi “TASS”.

Tergov soat 09:15 da (Toshkent vaqti bilan 05:15), Pak Kin Xe 31-martdan beri saqlanayotgan Seul markaziy qamoqqacha hibsxona binosida boshlandi. Avvalroq, sobiq prezident 4,6,8, va 10-aprel kunlari so‘roq qilingan edi”,— deb keltiradi prokuratura matbuot xizmati.

Oldingi tergov natijalari haqida ma’lumotlar keltirilmagan.

Pak Kin Xeni birinchi marta so‘roq qilish jarayoni 11 soat davom etgan edi. So‘roq davomida sobiq prezident 13 ta bandni o‘z ichiga oluvchi barcha ayblovlar, jumladan, poraxo‘rlik, mansab vakolatini suiiste’mol qilish, tamagirlik va davlat sirlarini oshkor qilish maqsadida til biriktirish ayblarini inkor qilgandi.

Agarda sud sobiq prezidentni aybdor deb topadigan bo‘lsa, unga 10 yildan 45 yilgacha qamoq jazosi xavf solmoqda.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (12-04-2017, 15:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 79) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют