» » APL. “Tottenhem” safarda ochko yo‘qotdi va 8-o‘ringa tushib ketdi

APL. “Tottenhem” safarda ochko yo‘qotdi va 8-o‘ringa tushib ketdi


Futbol bo‘yicha Angliya chempionatining 29-turida “Tottenhem” 7-mart, shanba kuni “Byornli” bilan bahs yuritdi.

Mazkur bellashuvda Joze Mourinyo shogirlari mag‘lubiyatdan qutilib qoldi. uchrashuvning 13-daqiqasida Kris Vud maydon egalarini oldinga olib chiqdi. Ikkinchi bo‘lim debyutida londonliklar penalti ishlab oldi va undan Dele Alli unumli foydlandi.

Shu tariqa “Tottenhem” 41 ochko bilan 8-o‘rinda qolib ketdi. “Byornli” (39) 10-pog‘onaga ko‘tarildi.

APL

29-tur bahsi

7-mart, shanba

Gollar: 1:0 – 13 Vud, 1:1 – 50, penalti Alli.

“Byornli”: Poup, Tarkovski, Teylor, Mi, Bardsli, Vestvud, Hendrik, Kork, Maknil, Vud, Rodriges (Vidra, 68).

“Tottenhem”: Lyoris, Alderveyreld, Vertongen, Tanganga, Sanches, Lamela (Orye, 78), Ndombele (Lo Chelso, 46), Alli, Skipp (Lukas Moura, 46), Bergveyn, Dayer.

Ogohlantirishlar: Lamela (19), Teylor (51), Sanches (56), Tarkovski (57), Kork (59), Hendrik (75), Bergveyn (78).

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-03-2020, 00:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 95) ( 0) ( 94) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют