» » Toshkent islom universitetida mehnat yarmarkasi bo‘lib o‘tdi

Toshkent islom universitetida mehnat yarmarkasi bo‘lib o‘tdi


O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan mamlakatda 2016-yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning asosiy yakunlari va 2017-yilga mo‘ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim iqtisodiy yo‘nalishlariga bag‘ishlangan majlisda qo‘yilgan vazifalarni bajarish maqsadida 12-aprelda Toshkent islom universitetida bitiruvchilar uchun mehnat yarmarkasi bo‘lib o‘tdi.

Mehnat yarmarkasida universitetning bakalavriat va magistratura bosqichida ta’lim olayotgan bitiruvchilar hamda ish beruvchi korxona, tashkilot va muassasalar ishtirok etdi.

Toshkent islom universiteti bakalavriat bosqichida “Tarix”, “Dinshunoslik”, “Psixologiya”, “Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar”, “Informatika va axborot texnologiyalari”, “Milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi” mutaxassisliklari, magistratura bosqichida “Dinshunoslik”, “Islomshunoslik”, “Xorijiy mamlakatlar iqtisodiyoti va mamlakatshunoslik” mutaxassisliklari bo‘yicha mutaxassislar tayyorlamoqda.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (12-04-2017, 15:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 99) ( 0) ( 96) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют