» » Toshkentda uch yilda 3,3 mlrd dollarga 183 ta zamonaviy turar joy quriladi

Toshkentda uch yilda 3,3 mlrd dollarga 183 ta zamonaviy turar joy quriladi


Toshkentda 2020—2022-yillarda umumiy qiymati 9,8 milliard dollarlik 762 ta investitsiya loyihasini amalga oshirish rejalashtirilgan. Ularning 122 tasi davlat dasturi, 640 tasi hududiy investitsiya dasturlari doirasidadir, deya xabar bermoqda Prezident matbuot xizmati.

Xususan, sanoat sohasida 1,8 milliard dollarlik 242 ta loyiha, xizmat ko‘rsatish yo‘nalishida 4,9 milliard dollarlik 337 loyiha amalga oshirilishi mo‘ljallangan. Zamonaviy turar joy qurilishi bo‘yicha 3,3 milliard dollarlik 183 ta obyekt bunyod etilishi ko‘zda tutilgan.

Prezident raisligida 7-mart kuni o‘tkazilgan yig‘ilishda 2020-yilda Toshkentda jami 4,8 milliard dollar investitsiyalar o‘zlashtirilishi natijasida 400 dan ortiq loyihalar foydalanishga topshirilishi ma’lum qilindi.

“Bular doirasida 32 050 ta yangi ish o‘rni yaratilishi rejalashtirilgan”, — deya qo‘shimcha qilingan Prezident matbuot xizmati axborotida.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-03-2020, 13:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 71) ( 0) ( 68) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют