» » Tramp Koreya yarimoroliga yo‘l olayotgan guruhni “o‘ta qudratli tuzilma” deb atadi

Tramp Koreya yarimoroliga yo‘l olayotgan guruhni “o‘ta qudratli tuzilma” deb atadi


Vashington tomonidan Koreya yarimoroliga jo‘natilgan aviatashuvchi guruh haqiqiy harbiy tuzilma hisoblanadi. Bu haqda AQSh prezidenti Donald Tramp Fox Business telekanaliga bergan intervyusi chog‘ida ma’lum qildi, deya xabar beradi  “TASS”. 

“Koreyaga o‘ta qudratli tuzilmani yuboryapmiz. Bizda juda kuchli suvosti kemalari ham bor. KXDR yetakchisiga kelsak, u noto‘g‘ri harakat qilyapti”, — deya ta’kidladi Tramp.

AQSh qurolli kuchlari Tinch okeani qo‘mondonligi Carl Vinson og‘ir atom aviatashuvchisi boshqa kemalar hamrohligida Koreya yarimoroliga yo‘l olayotganini tasdiqladi.

Jangovar guruh tarkibiga aviatashuvchidan tashqari CVW-2 (Carrier Air Wing) paluba aviaqanoti, Michael Murphy va Wayne E. Meyer raketa esminetslari, shuningdek, Lake Champlain raketa kreyseri ham kiritilgan.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (12-04-2017, 15:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 102) ( 0) ( 101) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют