» » Messi Ronalduni ortda qoldirib top-5 ligalar tarixidagi eng yaxshi to‘purarga aylandi

Messi Ronalduni ortda qoldirib top-5 ligalar tarixidagi eng yaxshi to‘purarga aylandi


“Barselona” hujumchisi Lionel Messi La Liga 27-turi doirasida “Real Sosyedad”ga qarshi kechgan bahsda (1:0) gol urishga erishdi.

Bu argentinalik futbolchi uchun chempionat doirasidagi (474 o‘yinda) 438-gol bo‘ldi. Messi Yevropa kuchli beshlik ligalari tarixidagi eng yaxshi to‘purarlar ro‘yxatida “Yuventus” hujumchisi Krishtianu Ronalduni ortda qoldirdi. Portugaliyalik futbolchi 540 ta o‘yinda 437 ta gol urishga erishgan.

Bundan tashqari, Messi “Real Sosyedad”ga urgan goli penaltidan kiritildi. Bu futbolchi uchun La Liga doirasida penaltidan urilgan 55-gol bo‘ldi. Ronalduda esa ushbu ko‘rsatkich 61 ga teng.

Joriy mavsum Messi Ispaniya chempionatida 22 o‘yin o‘tkazib, 19 gol va 12 ta samarali uzatmaga muallif bo‘ldi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-03-2020, 18:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 81) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют