» » “Qishloqqurilishbank” va “Agrobank” mansabdorlari fuqarolar nomiga rasmiylashtirilgan milliardlab kredit pullarini talon-toroj qilgani aniqlandi

“Qishloqqurilishbank” va “Agrobank” mansabdorlari fuqarolar nomiga rasmiylashtirilgan milliardlab kredit pullarini talon-toroj qilgani aniqlandi


“Qishloqqurilishbank” Ko‘kdala filiali mansabdor shaxslari 2019-yilda 119 nafar fuqaro nomiga chiqarilgan 1,4 milliard so‘m imtiyozli kredit mablag‘larini hujjatlarni soxtalashtirib, talon-toroj qilgan. Mazkur holat Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Chiroqchi tumani bo‘limida o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvida aniqlangan.

Bosh prokuratura matbuot xizmatining “Daryo”ga ma’lum qilishicha, Departamentning Mirishkor tuman bo‘limi xodimlari ham “Agrobank” Mirishkor filiali boshqaruvchisi R.J. va boshqa xodimlar soxta shartnomalar tuzib, jami 52 nafar fuqaroga ajratilgan 925,1 million so‘m imtiyozli kredit mablag‘larini talon-toroj qilganini aniqlagan.

Har ikki holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-03-2020, 20:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 72) ( 0) ( 72) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют