» » APL. “Chelsi” o‘z uyida “Everton” darvozasiga javobsiz 4 ta gol urdi

APL. “Chelsi” o‘z uyida “Everton” darvozasiga javobsiz 4 ta gol urdi


Futbol bo‘yicha Angliya Premyer Ligasining 29-turida “Chelsi” 8-mart, yakshanba kuni “Everton”ni qabul qildi.

Birinchi bo‘limda londonliklar Meyson Maunt (14) va Pedroning (21) gollari evaziga tanaffusga g‘olib holda yo‘l oldi. Ikkinchi bo‘limda ham maydon egalari ikki bor raqib darvozabonini ranjitdi. 51-daqiqada Villian hisobni yirik ko‘rinishga olib kelgan bo‘lsa, oradan uch daqiqa o‘tib Olivye Jiru yakuniy hisobni o‘rnatdi.

Mazkur g‘alabadan keyin Frenk Lempard shogirdlari 28 o‘yinda 45 ochko to‘plagan holda 4-o‘rinda bormoqda. Anchelotti jamoasi esa (37) 12-pog‘onada qoldi.

APL

29-tur bahsi

8-mart, yakshanba

Gollar: 1:0 – 14 Maunt, 2:0 – 21 Pedro, 3:0 – 51 Villian, 4:0 – 54 Jiru.

“Chelsi”: Arrisabalaga, Alonso, Aspilikueta, Zuma, Ryudiger, Maunt (Jeyms, 60), Gilmor, Villian (Anjorin, 71), Barkli, Pedro, Jiru (Broya, 86).

“Everton”: Pikford, Holgeyt, Kin, Sidibe, Din, Bernard (Uolkott, 46), Andre Gomesh, Devis (Kin, 58), Sigurdsson, Risharlison, Kelvert-Lyuin (Gordon, 76).

Ogohlantirishlar: Andre Gomesh (53), Zuma (82), Holgeyt (90).

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-03-2020, 21:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 86) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют