» » Federatsiya kengashi Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasida harbiy-texnik hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha shartnoma ratifikatsiya qilinishini ma’qulladi

Federatsiya kengashi Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasida harbiy-texnik hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha shartnoma ratifikatsiya qilinishini ma’qulladi


Rossiya Federatsiya kengashi Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasida harbiy-texnik hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha shartnoma ratifikatsiya qilinishini ma’qulladi. Bu haqda Uzdaily xabar bermoqda.

Rossiya va O‘zbekiston Mudofaa vazirlari — armiya generali Sergey Shoygu va general-polkovnik Qobul Berdiyev 2016-yil 29-noyabrda Moskvada harbiy-texnik hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha shartnoma hamda 2017-yilda harbiy idoralar o‘rtasidagi ikki tomonlama hamkorlik rejasini imzolagan edi.

Shartnomaga ko‘ra, tomonlar Rossiya va O‘zbekistonda harbiy xavfsizlikni ta’minlash, ikki mamlakat Qurolli kuchlarining harbiy salohiyatini mustahkamlash, harbiy kadrlar tayyorlash, harbiy-texnik hamkorlik bo‘yicha qo‘shma tadbirlarni amalga oshiradi.

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev joriy yil 29-mart kuni mazkur sharnomani ratifikatsiya qilish haqidagi qonunni imzolagandi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling! 

Опубликовано: admin (12-04-2017, 16:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 69) ( 0) ( 68) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют