» » Bundesliga. “Bavariya” yana g‘alaba qozondi

Bundesliga. “Bavariya” yana g‘alaba qozondi


Futbol bo‘yicha Germaniya chempionatining 25-turida “Bavariya” 8-mart, yakshanba kuni “Augsburg”ga qarshi bahs olib bordi.

Ikkinchi bo‘lim debyutida Tomas Myuller myunxenliklarning dastlabki golini urdi. Hakam tomonidan qo‘shib berilgan vaqtda Leon Goretska hisobni 2:0 ko‘rinishiga keltirdi.

Ushbu g‘alabadan keyin “Bavariya” ochkolarini 55 taga yetkazib olgan holda peshqadamlikni mustahkamladi va eng yaqin ta’qibchisini to‘rt ochkoga ortda qoldirmoqda.

Bundesliga

25-tur bahsi

8-mart, yakshanba

Gollar: 1:0 – 53 Myuller, 2:0 – 90+1 Goretska.

“Bavariya”: Noyer, Pavar, Alaba, Boateng, Kimmix, Alkantara (Martines, 85), Devis, Koutinyo (Lyuka Ernandes, 85), Gnabri, Zirkzee (Goretska, 70), Myuller.

“Augsburg”: Lyute, Yedvay (Uduoxay, 80), Maks (Vargas, 67), Gaueleu, Yago, Bayer, Leven (Finnbogason, 76), Rixter, Xedira, Framberger, Niderlexner.

Ogohlantirish: Alkantara (85).

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-03-2020, 22:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 73) ( 0) ( 71) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют