» » APL. “Manchester Yunayted” derbida “Manchester Siti”dan ustun keldi

APL. “Manchester Yunayted” derbida “Manchester Siti”dan ustun keldi


Futbol bo‘yicha Angliya Premyer Ligasining 29-turida “Manchester Yunayted” va “Manchester Siti” jamoalari 8-mart, yakshanba kuni o‘zaro to‘qnash keldi.

“Old Trafford”da kechgan Manchester derbisida maydon egalarining qo‘li baland keldi. Uchrashuvning 30-daqiqasida Antoni Marsyal “qizil iblislar”ni hisobda oldinga olib chiqdi. Bahsga qo‘shib berilgan vaqtning so‘nggisida Skott Maktominey Edersonning xatosidan keyin “shaharliklar” darvozasini ishg‘ol qilib yakuniy hisobni o‘rnatdi.

Shu tariqa Ole-Gunnar Sulsher qo‘l ostidagi jamoa ochkolarini 45 taga yetkazib olgan holda 5-o‘ringa ko‘tarildi. “Manchester Siti” (57) esa ikkinchi pog‘onada bormoqda.

APL

29-tur bahsi

8-mart, yakshanba

Gollar: 1:0 — 30 Marsyal, 2:0 — 90+7 Maktominey

“Manchester Yunayted”: De Xea, Uilyams (Bayi, 78), Shou, Lindelyof, Uan-Bissaka, Brunu Fernandesh (Igalo, 88), Matich, Jeyms, Fred, Marsyal (Maktominey, 78), Maguayr.

“Manchester Siti”: Ederson, Otamendi, Joau Kanselu, Zinchenko (Mendi, 77), Fernandinyo, Bernardu Silva (Mahrez, 59), Rodri Ernandes, Foden, Gundo‘g‘an, Sterling, Aguero (Gabriel Jezus, 59).

Ogohlantirishlar: Fernandino (29), Rodri Ernandes (30), Fred (42), Joau Kanselu (59), Maguayr (90), Gabriel Jezus (90).

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-03-2020, 23:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 65) ( 0) ( 62) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют