» » Aktyor Bobur Yo‘ldoshev: Bolalarni kino emas, ota-onasi tarbiyalashi kerak

Aktyor Bobur Yo‘ldoshev: Bolalarni kino emas, ota-onasi tarbiyalashi kerak


Rejissor olayotgan kartinasi qanday tarbiya berishi haqida emas, balki kino yaxshi chiqishi haqida o‘ylashi kerak. Bu haqda aktyor Bobur Yo‘ldoshev aytib o‘tdi. Uning fikrlari Telegram’dagi @platformauzb kanalida e’lon qilingan.

Aktyorning alohida ta’kidlashicha, u farzandlarining tarbiyasini “rejissorlarga tashlab qo‘ymaydi”, u o‘z farzandlarini o‘zi tarbiyalaydi. Bobur Yo‘ldoshevning fikricha, jahon tan olgan rejissorlar ham o‘z filmlarini olish vaqtida “bu film bolalarga qanday tarbiya berarkin”, deb o‘ylab o‘tirmaydi.

Kino olayotgan har bir san’atkor: “Bu film bolalarga qanday tarbiyaviy ma’no beradi?”, deb o‘ylashi kerak emas, menimcha. San’atkor kino yaratishi kerak, bolalarni esa ota-onasi tarbiyalashi kerak. Misol uchun, men o‘z farzandlarimni o‘zim tarbiyalayman, ularning tarbiyasini rejissorlarga tashlab qo‘ymayman. Kino olayotgan odam, avvalambor, kino yaxshi chiqishini o‘ylashi kerak, deb o‘ylayman.

Ko‘rayotgan zamonaviy kinolarimizni, dunyoda “Oskar” olgan filmlarning har birini qarang — ayting-chi, mana shu kinolar qanaqa tarbiyaviy ma’no, tarbiyaviy narsa olib kiryapti? Ko‘rgan bo‘lsangiz kerak. Bu kinolarni bizning televideniyeda qo‘yishmaydi, “chunki bolalarimiz yomon bo‘lib ketadi”, lekin butun dunyo ko‘ryapti. Va, menimcha, Skorseze ham, “Oskar”da g‘olib chiqqan koreyalik rejissor ham film olayotganida hech qanaqa tarbiyaviy ma’nolarni o‘ylamagan. Biznikilar esa, nimagadir...

Oxirgi marta ko‘rgan narsam — Ayub Shahobiddinovning “Kechikkan hayot” filmini tanqid qilishayotgan edi. O‘sha ko‘rsatuvda bir ayol: “Nega bu filmda Dilnoza Kubayeva sigaret chekyapti?”, deb savol beryapti. Chunki bu badiiy yechim, busiz bo‘lmaydi. “Bu holat bolalarga qanday tarbiya beradi?”, deydi.

Yaxshi kino didni tarbiyalaydi. Menimcha, bolalarni ota-onasi tarbiyalashi kerak, kino emas.

Bobur Yo‘ldoshev, aktyor

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-03-2020, 07:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 52) ( 0) ( 50) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют