» » Janubiy Koreyada koronavirusga chalinganlar soni 7,4 ming kishiga yaqinlashdi

Janubiy Koreyada koronavirusga chalinganlar soni 7,4 ming kishiga yaqinlashdi


Janubiy Koreyada so‘nggi bir sutka ichida COVID-19 koronavirus infeksiyasini yuqtirib olish bilan bog‘liq 248 ta holat aniqlandi. Shunday qilib, mamlakatda kasallikka chalinganlar soni 7382 kishiga yetdi, qurbonlar soni esa 51 kishini tashkil etmoqda. Bu haqda Janubiy Koreya Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Kasalliklar nazorati va profilaktikasi markazlari tashkiloti (KCDC) ma’lum qildi.

Avvalroq qurbonlar soni 50 kishiga yetgani haqida xabar berilgan edi. Janubiy Koreya hukumati epidemiologik xavf darajasini eng yuqori ko‘rsatkichgacha oshirgan. Barcha maktab va maktabgacha ta’lim muassasalarida o‘quv mashg‘ulotlarining boshlanishi 23-martgacha bekor qilingan.

KCDC’ning 9-mart kuni soat 00:00 (Toshkent vaqti bilan 8-mart kuni soat 20:00 da)gi ma’lumotlariga ko‘ra, yangi kasallanish holatlarining 190 tasi Tegu shahrida, 26 tasi Kyonsan-Pukto provinsiyasida, qolgan holatlar esa mamlakatning boshqa hududlarida aniqlangan. 36 bemor sog‘ayib, uyiga javob berilgan (jami sog‘ayganlar soni 166 kishiga yetgan). Yana 17 458 kishining tahlillari hali o‘rganilmoqda.

Mavzuga doir:

Koronavirusni yuqtirib olganlarning 130 nafari Seulda, 5571 nafari Teguda, 1107 nafari Kyonsan-Pukto provinsiyasida, yana 152 nafari esa Kyongidoda. Pusanda 96 ta holat qayd etilgan. Qayd etishlaricha, Janubiy Koreyadagi koronavirus bemorlarining kamida 4,5 ming nafari (62,8 foizi) Sinchonji sektasiga aloqador odamlardir.

Mavzuga doir: Janubiy Koreya koronavirusning jahondagi uchinchi eng yirik o‘chog‘iga aylandi. Hammasiga mahalliy diniy sektaga a’zo ayol sababchi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-03-2020, 08:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 96) ( 0) ( 94) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют