» » Ronaldu faoliyatidagi 1000-o‘yinni o‘tkazdi

Ronaldu faoliyatidagi 1000-o‘yinni o‘tkazdi


“Yuventus” klubi va Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu professional faoliyatidagi 1000-uchrashuvni o‘tkazdi.

35 yoshli futbolchining yubiley o‘yini A Seriya doirasidagi “Inter”ga qarshi kechgan uchrashuvga (2:0) to‘g‘ri keldi.

Ronaldu mazkur o‘yinlar davomida umumiy miqdorda 725 ta gol urdi. Ularning 99 tasi Portugaliya terma jamoasidagi 164 o‘yinda qayd etilgan.

Krishtianu klub miqyosida “Sporting” (31 o‘yin, 5 gol), “Manchester Yunayted” (292 o‘yin, 118 gol), “Real” (438 o‘yin, 450 gol) va “Yuventus” (75 o‘yin, 53 gol) kabi jamoalarda to‘p surdi.

Ronaldu olti marta murli mamlakatlar milliy chempionatida g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. Besh bora Yevropa Chempionlar Ligasida g‘olib chiqdi va mazkur musobaqa tarixidagi eng yaxshi to‘purar hisoblanadi.

Besh karra “Oltin to‘p” sohibi 2016-yilda Portugaliya terma jamoasi bilan Yevropa chempionligini qo‘lga kiritdi. 2019-yilda esa UEFA Millatlar Ligasida zafar quchdi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-03-2020, 10:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 76) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют