» » Goldman Sachs neft narxi bir barrel uchun 20 dollarga tushib ketishi mumkinligini ma’lum qildi

Goldman Sachs neft narxi bir barrel uchun 20 dollarga tushib ketishi mumkinligini ma’lum qildi


Brent markasidagi neftning narxi bir barrel uchun 20 dollarga qadar tushib ketishi mumkin. Bu haqda Amerikaning Goldman Sachs investitsiya banki tahlilchilariga tayanib, Bloomberg xabar berdi.

Ular faqat ayrim ishlab chiqaruvchilar qanday narxlarda ishlashi mumkinligini hisobga olib, shu kabi xulosaga kelgan. Bundan tashqari, bank ikkinchi va uchinchi chorak uchun o‘z hisob-kitoblarini pasaytirib, Brent barrelining narxi 30 dollardan oshmasligini ma’lum qilgan.

Goldman Sachs tahlilchilari narxning tushib ketishi Rossiya va OPEK o‘rtasidagi neft kelishuvining bekor bo‘lgani bilan bog‘lamoqda. “O‘ylashimizcha, OPEK va Rossiya o‘tgan dam olish kunlari narxlar urushini boshladi”, — deyiladi hisobotda.

Eslatib o‘tamiz, 6-mart kuni Vena shahrida OPEK mamlakatlari va neft qazib olishni qisqartirish bo‘yicha kelishuvni qo‘llab-quvvatlagan davlatlar vakillarining uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. OPEK mamlakatlari neft qazib olishni qo‘shimcha ravishda kuniga 1,5 million barrelga qisqartirishni taklif qildi. Shundan 0,5 million barreli Rossiya va OPEK tarkibiga kirmaydigan boshqa davlatlar hissasiga to‘g‘ri kelishi kerak. Qayd etilishicha, Rossiya neft qazib olishni qisqartirish niyatida emas.

Mavzuga doir: Saudiya Arabistoni Rossiya bilan kelishuv imzolanmagach neft narxini arzonlashtirdi. Rossiya “qora oltin” ishlab chiqarish hajmini oshirmoqchi

9-mart kungi ochiq savdolarda Brent markasidagi neft narxi 38 dollarni tashkil etdi. Koronavirus sababli Brent va WTI markalaridagi neft narxi 2011-yildan buyon kuzatilgan eng katta pasayishga uchragan. Neft narxi 2,5 yil ichida ilk bora 49 dollardan ham arzonlashgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-03-2020, 10:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 77) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют