» » Portugaliya prezidenti koronavirus sabab ikki haftalik karantinda bo‘ladi

Portugaliya prezidenti koronavirus sabab ikki haftalik karantinda bo‘ladi


Portugaliya prezidenti Marselu Rebelu de Souza koronavirus sabab ikki haftaga mo‘ljallangan tadbirlarni bekor qilib, ko‘ngilli ravishda karantinga ketishga qaror qildi, deb xabar beradi “RIA Novosti”.

Ta’kidlanishicha, prezident biroz muddat oldin COVID-19 koronavirusi aniqlangani sabab yopilgan maktabning bir guruh o‘quvchilari bilan uchrashgan. Ma’lumotlarga ko‘ra, kasallikka chalingan bolakay va uning sinfdoshlari prezident saroyiga tashrif buyurganlar orasida bo‘lmagan.

“Prezident o‘zida virus alomatlari bo‘lmasa ham ikki haftalik karantinga ketishga qaror qildi. Bu xorijga uyushtirilishi rejalashtirilgan safarlarga ham ta’sir ko‘rsatadi”, — deyiladi bayonotda.

71 yoshli prezident shifokorlar nazorati ostida bo‘ladi. Prezident karantinda bo‘lishiga qaramay, o‘z qarorgohida ishlashni davom ettiradi.

Mamlakat Sog‘liqni saqlash bosh boshqarmasining ma’lumotlariga ko‘ra, Portugaliyada yangi turdagi koronavirus bilan kasallangan 30 nafar bemor aniqlangan.

Mavzuga doir: Xitoyda koronavirus qurbonlari soni 3,1 ming kishidan oshdi

Koronavirus infeksiyasi kirib borgan mamlakatlar soni 100 dan oshib ketdi, kasallanish holatlari jahon bo‘yicha 105 ming kishiga yetgan. So‘nggi bir necha sutka davomida koronavirus infeksiyasi bilan kasallanish holatlari Bolgariya, Kosta-Rika, Moldova, Fransuz Gvianasi, Maldiv orollari, Malta, Farer orollari, Martinika, shuningdek, Albaniyada aniqlandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-03-2020, 11:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 42) ( 0) ( 40) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют