» » Seuldan Toshkentga uchib kelgan yo‘lovchilar karantinga joylashtirildi

Seuldan Toshkentga uchib kelgan yo‘lovchilar karantinga joylashtirildi


Uzbekistan airways aviakompaniyasi 9-martga o‘tar kechasi charter reys bilan Seuldan 181 nafar O‘zbekiston fuqarosini mamlakatga olib keldi. Ular Toshkent viloyatidagi sanatoriyalardan biriga ikki haftalik karantinga joylashtirildi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligiga tayanib, “RIA Novosti” xabar berdi.

O‘zbekiston 1-martdan boshlab yangi turdagi koronavirus sabab Janubiy Koreya bilan avaiqatnovlarni vaqtincha to‘xtatgan edi. O‘sha kunning o‘zida “O‘zbekiston aviatarmog‘i” charter reys bilan 251 nafar yo‘lovchi Seuldan Toshkentga olib kelgandi. Ularning 231 nafari, jumladan, 20 nafar Rossiya fuqarosi Chirchiq shahridagi sanatoriyaga ikki haftalik karantinga joylashtirilgan.

“Ichida 181 nafar yo‘lovchi bo‘lgan charter Toshkentga soat 02:00 da yetib keldi. Bortda tranzit yo‘lovchilar yo‘q edi”, — deyiladi xabarda.

Mavzuga doir: TIV Janubiy Koreyadagi o‘zbekistonliklarni olib kelish uchun har hafta bir reys amalga oshirishini ma’lum qildi

Ma’lumotlarga ko‘ra, Janubiy Koreyada koronavirus bilan kasallanganlar soni 7 ming kishidan oshib ketgan. Kasallik oqibatida vafot etganlar soni 50 kishiga yetgan.

Eslatib o‘tamiz, Uzbekistan Airways koronavirus tarqalgani tufayli Umra safarini amalga oshirayotgan 244 nafar o‘zbekistonlik ziyoratchilarni charter reys bilan Saudiya Arabistonidan olib ketdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-03-2020, 12:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 95) ( 0) ( 93) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют