» » O‘zbekistonda ilk bor raqamli bank tashkil etiladi

O‘zbekistonda ilk bor raqamli bank tashkil etiladi


Markaziy bank 9-mart, dushanba kuni, raqamli bank — “Anor bank” aksiyadorlik jamiyatini tashkil etishga doir dastlabki ruxsatnoma berish to‘g‘risida qaror qabul qildi. Bu haqda Markaziy bank matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lumotga ko‘ra, ruxsatnoma 6 oy muddatga beriladi. Bu vaqt davomida bank faoliyatini yo‘lga qo‘yish uchun qonunchilikda belgilangan qator talablarni bajarishi hamda bank ustav kapitali shakllantirilishi kerak.

Markaziy bank ilk bor “raqamli bank” tushunchasini 2018-yildayoq qonunchilikka kiritgan edi. Unga ko‘ra, raqamli bank — innovatsion bank texnologiyalaridan foydalangan holda (kassa xizmatini ko‘rsatmasdan) bank xizmatlarini masofaviy ko‘rsatuvchi bank yoki uning tarkibiy bo‘linmasi.

Raqamli banklar tomonidan bank xizmatlarini masofaviy ko‘rsatish bankning ichki tartib-qoidalariga asosan qonun hujjatlari talablarini inobatga olgan holda amalga oshiriladi.

O‘zbekiston Markaziy bankining “Anor” tezkor to‘lovlar tizimining ushbu raqamli bankka hech qanday aloqasi yo‘q.

Avvalroq TBC Bank  O‘zbekistonda birinchi raqamli bank ochmoqchi ekanligi xabar berilgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-03-2020, 18:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 56) ( 0) ( 53) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют