» » JSSTning koronavirus bo‘yicha ekspertlari O‘zbekistondagi vaziyatga baho berdi

JSSTning koronavirus bo‘yicha ekspertlari O‘zbekistondagi vaziyatga baho berdi


Shu kunlarda O‘zbekistonda bo‘lib turgan Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST)ning koronavirusga tayyorgarlik bo‘yicha yetakchi konsultanti Ute Enderleyn va tashkilotning favqulotda holatlarga tayyorgarlik ko‘rish dasturining mas’ul xodimi Jetri Regmi dunyoda davom etayotgan epidemiyaga qarshi olib borilayotgan choralar va profilaktik tadbirlarning texnik ekspertizasini o‘tkazmoqda.

SSV matbuot xizmatining xabariga ko‘ra, ular O‘zbekistonga kirish hududlaridagi sanitariya-karantin punktlarida nazorat va profilaktik tadbirlarni tashkil qilish, davolash muassasalarining xavfsizligini ta’minlash, laboratoriyalar salohiyatini mustahkamlash kabi qator masalalar bo‘yicha texnik tavsiyalarini ham bermoqda.

“Biz yurtingizda bir hafta mobaynida bo‘lib, koronavirus infeksiyasining chetdan kirib kelishi va tarqalishining oldini olish, epidemiologik nazoratni kuchaytirish borasidagi ishlar xalqaro talablar asosida, JSST tomonidan ishlab chiqilgan standartlar va tavsiyalarga mos ravishda amalga oshirilayotganligiga guvoh bo‘ldik. Yurtingizda ushbu infeksiyaga qarshi barcha choralar ko‘rilmoqda”, — degan Ute Enderleyn.

Shuningdek, JSSTning ekspertlari O‘zbekiston mutaxassislari bilan hamkorlikda jahondagi koronavirus infeksiyasi bo‘yicha epidemiologik holatni hisobga olgan holda favqulodda vaziyatlarda qanday yo‘l tutish bo‘yicha ham o‘zaro tajriba almashmoqda.

“O‘z o‘rnida aytib o‘tish lozimki, ayni paytda mamlakatimizga yuqumli kasalliklar, jumladan, COVID-19 infeksiyasi kirib kelishining oldini olish maqsadida davlat chegaralarida sanitariya-karantin punktlarida barcha ehtiyot choralari ko‘rilib, nazorat kuchaytirilgan. Bugungi kunda ushbu punktlarda boshqa tarmoq xodimlari qatorida 250 nafardan ziyod yuqori malakali sanitariya-epidemiologiya xizmati mas’ullari belgilangan standartlar bo‘yicha ish olib bormoqda. Sog‘liqni saqlash vazirligi va Sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi agentligi huzurida uzluksiz 24 soat davomida faoliyat ko‘rsatuvchi shtab tashkil qilingan”, — deyiladi vazirlik xabarida.

Shuningdek, bugungi kungacha O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi bilan bog‘liq birorta holat qayd etilmagani ta’kidlanib, aholidan ortiqcha sarosimaga tushmasdan shaxsiy gigiyena qoidalariga qat’iy rioya qilish so‘ralgan.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, koronavirus infeksiyasi kirib borgan mamlakatlar soni 100 dan oshdi. Xitoyda COVID-19 koronavirusi qurbonlari soni 8-mart holatiga ko‘ra, 3119 kishiga yetdi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-03-2020, 18:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 85) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют