» » Afg‘oniston saylangan prezidentining qasamyod qilish marosimi bo‘lib o‘tdi

Afg‘oniston saylangan prezidentining qasamyod qilish marosimi bo‘lib o‘tdi


Kobuldagi Ark saroyida Afg‘oniston saylangan prezidenti Ashraf G‘anining inauguratsiya jarayoni bo‘lib o‘tdi, marosim mahalliy televideniye orqali to‘g‘ridan to‘g‘ri efirga uzatildi. Bu haqda “Interfaks” xabar qildi.

Marosimda hukumat a’zolari, parlament deputatlari hamda viloyatlardan kelgan vakillar ishtirok etdi. Ishtirokchilar orasida BMT bosh kotibining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Tadamiti Yamamoto, AQSh maxsus vakili Zalmay Xalilzod, Afg‘onistondagi NATO va AQSh qo‘shinlari qo‘mondoni Ostin Skott Miller, AQSh, Germaniya, Kanada, Hindiston va Pokiston elchixonalarining xodimlari qatnashdi.

O‘z navbatida Sapidor saroyida Ashraf G‘anining saylovlardagi asosiy raqobatchisi Afg‘oniston bosh vaziri Abdulla Abdullaning ham parallel inauguratsiyasi bo‘lib o‘tdi, u prezidentlik saylovlaridagi mag‘lubiyatini tan olmagan.

Afg‘oniston Mustaqil saylov komissiyasi fevral o‘rtalarida prezidentlik saylovlaridan deyarli besh oy vaqt o‘tgach 28-sentabrda bo‘lib o‘tgan muhim siyosiy jarayonning yakuniy natijalarini e’lon qilgan va Muhammad Ashraf G‘ani g‘olib deb topilgandi. Komissiya ma’lumotlariga ko‘ra, G‘ani 50,64 foiz ovoz to‘plagan, Abdulla Abdulla uchun esa 39,52 foiz saylovchi ovoz bergan.

Abdullaning jamoasi ushbu natijalardan norozi ekanini bildirdi va komissiyaning Ashraf G‘ani hisobiga biometrik tasdiqdan o‘tmagan 300 mingta soxta byulleten qo‘shib hisoblanganini bildirdi.

Prezidentlik saylovlarida ishtirok etgan boshqa nomzodlarning jamoalari ham yakuniy natijalardan norozi bo‘lgan.

Prezidentlik saylovi bo‘yicha shikoyatlar komissiyasida 16,5 mingta murojaat ro‘yxatga olingan.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-03-2020, 22:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 74) ( 0) ( 73) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют