» » AQSh birjalaridagi savdolar 7 foizlik pasayish sababli to‘xtatildi

AQSh birjalaridagi savdolar 7 foizlik pasayish sababli to‘xtatildi


AQSh birjalarida savdolar kotirovkalarning pasayishi bilan boshlandi. Savdolar boshlanganidan so‘ng S&P 500 indeksi 7 foizga tushib ketdi, bu savdo rejimining 15 daqiqaga to‘xtatib qo‘yilishiga sabab bo‘ldi. Bu vaqt ichida Dow Jones indeksi 7,29 foiz yo‘qotishga uchradi, NASDAQ Composite kotirovkasi esa 6,86 foizga pasaydi. Bu haqda “RBK” xabar berdi.

Qayd etilishicha, AQSh birjalarida ketma-ket uchinchi kun pasayish kuzatilmoqda. Uch kun davomida Dow Jones savdolarni to‘xtatish paytida uning ko‘rsatkichlari 11,48 foizga pasaydi. NASDAQ esa uch kun ichida 11,43 foiz yo‘qotishga uchradi.

Bozorlardagi savdolar koronavirus tarqalishi va OPEK+ mamlakatlarining neft qazib olishni cheklash bo‘yicha kelishuvga erisha olmagani sababli pasaymoqda. Bugungi savdo davomida Brent markasidagi neft narxi 30,9 foizga pasayib, bir barrel uchun 31,27 dollarni tashkil qildi.

Savdolar pasayishi bo‘yicha peshqadamlar neft kompaniyalarining aksiyalari bo‘ldi: Occidental Petroleum’ning aksiyalari 43 foizga, ConocoPhillips’ning qimmatli qog‘ozlari 30 foizga arzonlashgan. Exxon Mobile’ning narxi 8,9 foizga pasaydi, Chevron aksiyalari 10,6 foiz, Baker Hughes aksiyalari esa 15 foiz yo‘qotishga uchradi.

Indekslarning pasayishi Osiyo va Yevropa bozorlarida ham kuzatildi. Yaponiyaning Nikkei birjasi indeksi 5,07 foizga tushdi, Gonkongning Hang Seng birjasi indeksi esa 4,23 foizga pasaydi. Germaniyaning DAX birjasida 7,83 foiz, Buyuk Britaniyaning FTSE birjasida esa 8,4 foiz pasayish kuzatildi.

Eslatib o‘tamiz, OPEK+ mamlakatlari neft qazib olishni qisqartirish yuzasidan bir qarorga kela olmagani haqida tarqalgan xabarlardan keyin neft narxi dastlab 4 dollarga pasaygan edi. 9-mart kungi ochiq savdolarda Brent markasidagi neft narxi birdaniga 20 foizga pasayib, 38 dollarni tashkil etdi. Rossiyada esa dollar va yevro keskin qimmatlashdi. Goldman Sachs neft narxi bir barrel uchun 20 dollarga tushib ketishi mumkinligini ma’lum qildi. Kun davomida neft narxining pasayishi tezlashib, Brent markasidagi neftning narxi avvalgi minimumidan o‘tib, bir barreli uchun 31,38 dollargacha tushib ketdi. Saudi Aramco neft kompaniyasi aksiyalari 10 foizga pasaydi.

Mavzuga doir: Jahon bozorida neft narxining “qulashi”, dollarning yuqorilashi qanday oqibatlarga olib keladi? Asosiy ma’lumotlar

Xitoyning eksporti koronavirus sabab yil boshidan beri 17,2 foizga qisqardi. Bloomberg koronavirus jahon iqtisodiyotiga 2,7 trillion dollargacha zarar keltirishi mumkinligini taxmin qilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-03-2020, 23:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 73) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют