» » Shahrisabzda Qizil kitobga kiritilgan 73,5 mln so‘mlik baliqlarni noqonuniy ovlagan shaxs aniqlandi

Shahrisabzda Qizil kitobga kiritilgan 73,5 mln so‘mlik baliqlarni noqonuniy ovlagan shaxs aniqlandi


Shahrisabz ixtisoslashtirilgan o‘rmon xo‘jaligi va Shahrisabz tumani IIB xodimlari tomonidan tumanning Hazora qishlog‘ida yashovchi fuqaro J.B. tomonidan Tanxoz daryosining Qoramur qishlog‘idan oqib o‘tuvchi qismida 22 dona O‘zbekiston gulbalig‘i noqonuniy ravishda ovlangani aniqlandi. Bu haqda “Daryo”ga O‘zbekiston O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, ashyoviy dalil sifatida fuqaro J.B.dan O‘zbekiston Qizil kitobiga kiritilgan 22 dona gulbaliq (forel) va 2 dona qarmoq voqea joyida olingan hamda bayonnoma rasmiylashtirilgan. Fuqarodan holat yuzasidan tushuntirish xati olingan. Tabiatga yetkazilgan zarar 73,5 million so‘mga baholangan.

Mazkur shaxs tegishli ruxsati bo‘lmay turib ovlanishi taqiqlangan noyob baliq turini ovlagani uchun javobgarlikka tortildi va tabiatga yetkazilgan zarar undiriladigan bo‘ldi.

Avvalroq Buxoroda jayron ovlaganlarga sud hukmi o‘qilgan edi. Qonunbuzarlardan qariyb 67 million so‘mlik zarar undirilib, 4 yilgacha ozodlikni cheklash jazosi tayinlangan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-03-2020, 06:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 90) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют