» » Koronavirus sabab Italiyada A Seriya va barcha sport musobaqalari to‘xtatildi

Koronavirus sabab Italiyada A Seriya va barcha sport musobaqalari to‘xtatildi


Koronavirusning keng tarqalashi sabab Italiyada barcha sport musobaqalari, shu jumladan futbol bo‘yicha A Seriya bahslari ham to‘xtatib qo‘yildi. Bu haqda Italiya bosh vaziri Juzeppe Konte ma’lum qildi.

“Endi vaqt yo‘q. Raqamlar kasallik yuqtirib olganlar soni oshib ketganini ko‘rsatib turibdi, o‘limlar soni ko‘paydi. Biz butun Italiya uchun biror nimani qurbonlik qilishga majburmiz. Mana nima uchun bunday og‘ir choralar ko‘rmoqdamiz.

A Seriya va barcha sport musobaqalari vaqtincha to‘xtatiladi. Muxlislarni buni qabul qilishi kerak”, — deydi bosh vazir.

Ushbu qaror Italiya jamolarining xalqaro musobaqalardagi ishtiroki, xususan, Yevrokubok o‘yinlariga qanday ta’sir qilishi noma’lum.

Hozirgacha Italiyada 7985 ta virus yuqtirib olish holati kuzatildi. 463 kishi vafot etgan. Italiya koronavirusdan o‘lim holatlarining foiz ko‘rsatkichi bo‘yicha jahonda birinchi o‘rindagi mamlakatga aylandi. Shuningdek, mamlakatning Pyemont viloyati hokimi koronavirus yuqtirib olgani haqida xabarlar paydo bo‘lgan.

Mavzuga doir:

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-03-2020, 08:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 68) ( 0) ( 67) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют