» » Tramp Bashar Asadga “vahshiy” va “qassob” deya ta’rif berdi

Tramp Bashar Asadga “vahshiy” va “qassob” deya ta’rif berdi


AQSh va Rossiya o‘rtasida Suriyadagi tanglikni bartaraf etish masalasida ziddiyat saqlanib qolmoqda. Bu haqda AQSh prezidenti Donald Tramp New York Post gazetasiga bergan intervyusida ma’lum qildi, deya xabar beradi “TASS”. 

Yumshoqroq qilib aytganda, biz Rossiya bilan bu borada bir oqimda emasmiz. Putin bu yigit qanchalik vahshiy ekanligini anglab yetishi lozim. Rossiyaning bolalarni gaz bilan zaharlayotgan va bochkali bombalar qo‘llayotgan odam bilan bog‘liqligi juda yomon.

Donald Tramp, AQSh prezidenti

Tramp, shuningdek, Suriya prezidentini “qassob” deb atadi, biroq uni hokimiyatdan chetlatish AQSh uchun asosiy masala emasligi, Suriyadagi bosh vazifa IShID guruhini yo‘q qilish ekanligini bildirdi.

IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.

Опубликовано: admin (12-04-2017, 17:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 36) ( 0) ( 35) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют