» » Xitoyda karantin markaziga aylantirilgan mehmonxona qulashi oqibatida halok bo‘lganlar soni 18 kishiga yetdi

Xitoyda karantin markaziga aylantirilgan mehmonxona qulashi oqibatida halok bo‘lganlar soni 18 kishiga yetdi


Xitoyning Futszyan provinsiyasidagi Syuanchjou shahrida mehmonxona qulashi oqibatida halok bo‘lganlar soni 18 kishiga yetdi, yana 12 kishi bedarak yo‘qolgan deb topilmoqda. Bu haqda People’s Daily gazetasiga tayanib, “RBK” xabar bermoqda.

10-mart kuni ertalab qutqaruvchilar qulagan mehmonxona vayronalari ostidan 59 kishini olib chiqqan. Ularning 16 nafarida hayot alomatlari aniqlanmagan. Shuningdek, yana ikki kishi shifoxonada vafot etgan.

Eslatib o‘tamiz, 7 qavatli mehmonxona 7-mart kuni qulagan edi. Ertasi kuni vayronalar ostidan 50 kishi chiqarib olingan. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, vayronalar ostida 70 kishi bor. 80 o‘ringa mo‘ljallangan ushbu mehmonxona 2018-yilda ochilgan bo‘lib, COVID-19 koronavirus infeksiyasi epidemiyasi sabab 2020-yilda karantin markaziga aylantirilgan edi.

Hozircha binoning qulashi sabablari haqida rasmiy ma’lumot berilmagan.

Eslatib o‘tamiz, koronavirus infeksiyasining tarqalishi dastlab 2019-yilning dekabrida Xitoyning Uxan shahrida aniqlangan edi. Keyinchalik kasallanish holatlari Yaponiya, Janubiy Koreya, Avstraliya, Kanada, Germaniya, Fransiya, Ispaniya, Italiya, Buyuk Britaniya, Shvetsiya, Rossiya, Kanada, Tayvan, Filippin, Singapur, Malayziya, Nepal va boshqa bir qator davlatlarda aniqlandi.

Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining ma’lumotlariga ko‘ra, epidemiya boshlanganidan buyon Xitoyda 80 754 kishi kasallikka chalingan bo‘lib, ularning 3136 nafari vafot etgan. 59 897 nafar bemor davolanishga muavaffaq bo‘lgan.

Dunyo bo‘ylab 112 427 kishi koronavirus bilan kasallangan. Davolanishga muvaffaq bo‘lganlar soni esa 63 578 kishini tashkil etmoqda. Xitoydan tashqarida kasallik qurbonlari eng ko‘p Italiya (463), Eron (237), Janubiy Koreya (51), AQSh (24) va Fransiyada (19) qayd etilgan.

Xitoy Sog‘liqni saqlash ishlari bo‘yicha davlat qo‘mitasi koronavirus eng kamida 2020-yilning iyun oyiga qadar tarqalishda davom etishini e’lon qildi. Mutaxassisning so‘zlariga ko‘ra, virus tarqalishining oldini olish uchun chegaralarda sanitar nazoratni kuchaytirish hamda epidemiya tarqalgan xorijiy mamlakatlardan kirib kelayotganlar uchun qat’iy karantin siyosatini belgilash zarur.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-03-2020, 10:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 72) ( 0) ( 71) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют