» » Tojikiston va O‘zbekiston bosh vazirlari tojik elektr energiyasi va o‘zbek gazining narxlarini kelishadi

Tojikiston va O‘zbekiston bosh vazirlari tojik elektr energiyasi va o‘zbek gazining narxlarini kelishadi


Ikki mamlakat bosh vazirlari Kohir Rasulzoda va Abdulla Aripov rais hisoblanuvchi Tojikiston va O‘zbekiston o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo komissiyaning navbatdagi majlisi aprel oyining ikkinchi yarmida Tojikistonning Guliston shahrida shahrida bo‘lib o‘tadi, deb xabar berdi Asia-Plus.

Qayd etilishicha, o‘tgan yil oxirida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan komissiya majlisi Toshkent va Dushanbe o‘rtasida hal etilmagan bahsli masalalar mavjud emasligi, ikki davlatning barcha yo‘nalish va sohalardagi munosabatlari jadal rivojlangani sababli qoldirilgan edi.

Bo‘lib o‘tishi kutilayotgan majlisda, asosan, Tojikiston va O‘zbekiston o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy, gumanitar, madaniy, ilmiy-texnikaviy hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilinadi.

Tojikistonning O‘zbekistonga elektr energiyasi yetkazib berish hajmi, O‘zbekistondan Tojikistonga tabiiy gaz va ular uchun joriy yil uchun narxlar ham ushbu majlisda kelishib olinadi.

2019-yilda Tojikiston O‘zbekistonga 1 milliard 425,1 million kVt/ soat elektr energiya yetkazib bergan. Bir kilovatt elektr energiyasi bir Amerika sentiga baholangan. Tojikistondan O‘zbekistonga yetkazib berilgan elektr energiyasining umumiy summasi 28,5 million dollarni tashkil etgan.

2019-yilda Tojikiston O‘zbekistondan 17,7 milliard dollarlik 140 million kubometr tabiiy gaz sotib olgan.

O‘zbekiston gazining ming kubometri Tojikistonga 120 dollarga tushgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-03-2020, 11:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 85) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют