» » Toshkentda bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan Tashkent Law Spring xalqaro yuridik forumi koronavirus tufayli qoldirildi

Toshkentda bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan Tashkent Law Spring xalqaro yuridik forumi koronavirus tufayli qoldirildi


Toshkentda 23—25-aprel kunlari bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan Tashkent Law Spring II xalqaro yuridik forumi koronavirus sababli keyinga qoldirildi.

Forum tashkiliy qo‘mitasining ma’lum qilishicha, bunday qaror forum qatnashchilari, shu jumladan, xorijiy mehmonlar va O‘zbekiston fuqarolari orasida koronavirus infeksiyasi (COVID-19) tarqalishining oldini olish maqsadida qabul qilindi.

Forumda O‘zbekiston va bir qator xorijiy mamlakatlar adliya vazirlari, sud, prokuratura va boshqa davlat organlari rahbarlari, xalqaro tashkilotlar, dunyoning yetakchi yuridik va konsalting firmalari vakillari, advokatlar, yurisprudensiya sohasidagi taniqli olimlar, mutaxassislar va ekspertlar qatnashishi kutilayotgan edi.

Hozirgacha AQSh, Buyuk Britaniya, Fransiya, Avstriya, Yaponiya, Singapur, Malayziya, Xitoy, Rossiya va dunyoning boshqa davlatlaridan 50 dan ortiq mutaxassis forumda ma’ruzachi sifatida ishtirok etishi tasdiqlangandi.

Spikerlar sifatida Vena xalqaro arbitraj markazi bosh kotibi Elis Fremut-Volf, Amerika—O‘zbekiston savdo palatasi raisi, White&Case xalqaro yuridik firmasi hamkori Kerolin Lemm, BMTTD Korrupsiyaga qarshi kurashish global dasturi maslahatchisi Angi Timilsin va boshqa xalqaro ekspertlar ishtirok etishi rejalashtirilgandi.

Qayd etilishicha, tashkiliy qo‘mita ilgari ro‘yxatdan o‘tgan shaxslarni forum qoldirilgani haqida xabardor qiladi, forumning o‘tkaziladigan aniq sanalarini qo‘shimcha ravishda keyinroq e’lon qiladi.

Shuningdek, forumning keyinga qoldirilishi ilgari e’lon qilingan “Eng yaxshi yuridik xizmat”, “Eng yaxshi advokatlik tuzilmasi” respublika tanlovlari o‘tkazilishiga ta’sir qilmaydi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-03-2020, 11:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 84) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют