» » Rossiyada koronavirus yuqtirib olish imkonini nolga teng deb baholagan ekspert O‘zbekistonda virus tarqalishining oldini olishga yordam beradi

Rossiyada koronavirus yuqtirib olish imkonini nolga teng deb baholagan ekspert O‘zbekistonda virus tarqalishining oldini olishga yordam beradi


Dunyoning taniqli eksperti, tibbiyot fanlari doktori, professor Mixail Favorov O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi kirib kelishi va tarqalishining oldini olishda yordamlashmoqda, deb xabar bermoqda SSV matbuot xizmati.

Qayd etilishicha, Mixail Favorov shu kunlarda xalqaro mustaqil ekspert sifatida O‘zbekistonda koronavirus kirib kelishi va tarqalishining oldini olish borasida faoliyat olib borayotgan SSVdagi shtab mutaxassislari bilan birgalikda O‘zbekistondagi ushbu sohaga ixtisoslashgan davolash muassasalaridagi tibbiyot xodimlariga ham konsultativ yordam ko‘rsatmoqda.

U 2020-yilning fevral oyida Rossiyada koronavirus tarqalishi ehtimolini nolga teng, deb baholagan. 9-mart holatiga ko‘ra, Rossiyada koronavirusga chalinganlar soni 17 nafarga yetgan. Ularning barchasi chet elda bo‘lib qaytgan fuqarolardir.

Ma’lumot uchun, Mixail Favorov Xalqaro vaksina instituti bosh direktorining o‘rinbosari sifatida dunyoda turli infeksiyali kasalliklar, jumladan, papilloma virusi, vabo, gripp, pnevmokokk va meningokokk kabi qator og‘ir turdagi yuqumli infeksiyalarning oldini olish, profilaktikasi, tashxisi va uni zamonaviy davolash usullarini qo‘llash borasida katta tajirabaga ega taniqli mutaxassis hisoblanadi.

Mixail Favorov jahonda emlash dasturlarini samarali taqdim etgan olim sifatida ham taniqli. U Amerika mikrobiologiya uyushmasi a’zosi, Sog‘liqni saqlash va epidemiologiya bo‘yicha xalqaro ekspert bo‘lib, 40 yillik umrini dunyoning turli hududlarida yuqumli kasalliklarni o‘rganish va oldini olish sohasiga bag‘ishlagan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-03-2020, 14:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 61) ( 0) ( 59) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют