» » Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziriga yangi maslahatchi tayinlandi

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziriga yangi maslahatchi tayinlandi


Odinaxon Jamoldinova Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta’minlash masalalari bo‘yicha maslahatchisi etib tayinlandi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.

U 1970-yilda Farg‘ona viloyatida tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy, 1992-yilda Toshkent davlat pedagogika institutini tamomlagan.

Shu kunga qadar Odina Jamoldinova Jizzax davlat pedagogika institui, Toshkent davlat pedagogika universiteti va boshqa tashkilotlarda turli lavozimlarda ishlagan, 2015—2020-yillarda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Fan, ta’lim, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasining a’zosi bo‘lgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-03-2020, 16:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 70) ( 0) ( 69) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют