» » Mahalla vaziri Rahmat Mamatov: Bundan keyin hokim yer ajratishda mahalla bilan kelishishi kerak

Mahalla vaziri Rahmat Mamatov: Bundan keyin hokim yer ajratishda mahalla bilan kelishishi kerak


Mahallalar hududidagi qurilish ishlari uchun yer ajratishda o‘sha hudud aholisining roziligi olinishi lozim, hokimlar yer ajratish uchun qaror chiqarish jarayonida mahalla bilan kelishishi kerak. Bu haqda mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vaziri Rahmat Mamatov jurnalistlar bilan ochiq muloqotda aytib o‘tdi.

“Bu tartib avvaldan bo‘lsa-da, lekin rioya qilinmas edi. Arxitektura bo‘limi va kadastr xizmati xodimi borib, qaror chiqarib qo‘yardi. Bundan keyin yer ajratishda qaror chiqqunga qadar mahallaning roziligi kerak bo‘ladi. Chunki mahallada fuqarolarning xohish va istaklari bor, mahalla raisini ular saylagan”, — dedi vazir Mamatov.

Vazir o‘z fikrini davom ettirarkan, yaqinda Toshkent shahrining “Yunus Rajabiy” mahallasidagi shov-shuvli holatga ham to‘xtalib o‘tdi. “Mahallaning raisi ham, profilaktika inspektori ham daraxtzor o‘rnidagi qurilishga keskin ‘yo‘q’ degan. Ammo sud quruvchining foydasiga qaror chiqargan”, — deya qo‘shimcha qildi mahalla vaziri.

Mavzuga doir:

Ma’lumot uchun, Prezident Shavkat Mirziyoyevning 2020-yil fevral oyidagi farmoniga muvofiq, bundan buyon mahallalardagi qurilish ishlari bilan mahalla raisining o‘rinbosari — tadbirkorlik, tomorqa yer egalari faoliyatiga ko‘maklashish va obodonlashtirish ishlari bo‘yicha maslahatchi shug‘ullanadi.

Mavzuga doir: “Qamash yo qattiqqo‘llik uchun emas”. Mahalla vaziri hududiy boshqarmalarga nega “formali”lar rahbar bo‘lganini izohladi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-03-2020, 20:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 80) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют