» » “Toshshahartransxizmat” AJ avtobuslarida maxsus sanitariya tadbirlari o‘tkazilmoqda

“Toshshahartransxizmat” AJ avtobuslarida maxsus sanitariya tadbirlari o‘tkazilmoqda


Yuqumli kasalliklar tarqalishining oldini olish, jamoat joylarida tartib va ozodalikni saqlash maqsadida “Toshshahartransxizmat” AJ tasarrufidagi avtobuslarda maxsus sanitariya tadbirlari o‘tkazilmoqda. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Shuningdek, bunday tadbirlar poytaxtdagi barcha avtoshohbekatlarda ham amalga oshirilmoqda, deyiladi xabarda.

Dunyoning 110 dan ortiq mamlakatlarida koronavirus infeksiyasi tarqalgani sabab Toshkentda o‘tishi rejalashtirilgan Tashkent Law Spring xalqaro yuridik forumi hamda 12—16-mart kunlari o‘tkazilishi lozim bo‘lgan “Ziyorat turizmi haftaligi” qoldirilgan. Sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shodmonov koronavirusni yashirish imkonsizligi, agar kasallik mamlakat hududida qayd etiladigan bo‘lsa, unga qarshi kurash uchun dori vositalarining zaxirasi, shuningdek, profilaktika bo‘yicha imkoniyatlar yetarli ekanini bildirgan. Vazirlik rahbari O‘zbekistonda koronavirus bo‘yicha o‘tkazilgan 1760 ta laboratoriya tahlilining birortasida ham virus aniqlanmaganini ham qayd etgan.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-03-2020, 23:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 83) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют